Yangiliklar

YouTube AQShning saylovlarda feyk maʼlumotlarga oid yangi siyosatini eʼlon qildi

YouTube AQShdagi saylovlar atrofidagi feyk maʼlumotlarga qarshi qaratilgan strategik oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Bu orqali kompaniya oʻz hamjamiyatini himoya qilish va ochiq munozaralarda muvozanatni saqlashni maqsad qilgan. AQSh boʻlajak saylovlarga tayyorgarlik koʻrayotgan bir paytda paydo boʻladigan ushbu yangilanish YouTube siyosatida sezilarli oʻzgarishlarga ishora beradi.

2020-yil dekabrda YouTube AQShdagi avvalgi prezidentlik saylovlarining adolatliligini himoya qilish choralarini amalga oshirgan. Oqibatda saylov natijalari haqida feyk maʼlumot tarqatuvchi oʻn minglab videolar olib tashlandi. Endilikda Youtube yolgʻon daʼvolar tarqalishini cheklab, erkin fikr almashishni targʻib qilishga intilmoqda va oʻz yondashuvini oʻzgartirishga qaror qildi.

YouTube saylov paytida keng tarqalgan firibgarlik, xatolar yoki nosozliklar haqidagi asossiz daʼvolarni targʻib qiluvchi kontentni endi olib tashlamasligini eʼlon qildi. Bu oʻzgarishlar saylov bilan bogʻliq feyk maʼlumotlar tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha ikki yildan ortiq amalga oshirilgan chora-tadbirlardan soʻng yuz berdi.

Google kompaniyasiga koʻra, yangi siyosat bilan YouTube siyosiy gʻoyalarni ochiq almashish imkonini berish va bu orqali demokratik jamiyatni rivojlantirishni maqsad qilgan. Platforma dastlab 2020-yil dekabr oyida AQSh saylovlarining adolatligiga oid feyk daʼvolar tarqalishiga qarshi kurashish uchun “saylovlar boʻyicha feyk maʼlumot berganlik” siyosatini joriy qilgan. Ushbu qaror natijasida YouTube mazkur siyosatni buzgan “minglab” videolarni oʻchirib tashlaganini daʼvo qilmoqda.

Biroq, YouTube bunday kontentni olib tashlash feyk maʼlumotlarga maʼlum darajada chek qoʻysa-da, siyosiy qarashlarni boʻgʻib qoʻyishi mumkinligini tan oldi. Kompaniyaning tushuntirishicha, feyk maʼlumotlarga chek qoʻyish va soʻz erkinligini himoya qilish oʻrtasida muvozanatni saqlash zarur.

2020-yilgi AQSh prezidentligi saylovi paytida YouTube feyk maʼlumotlar tarqalishini oldini olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Oʻsha yilgi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, YouTubening tavsiyalar algoritmi foydalanuvchilarga saylov natijalarini soʻroq ostiga qoʻyuvchi videolarni tez-tez taqdim etgan. Platforma bunday videolarni koʻrishga ruxsat bergani uchun tanqidga uchradi. Bundan tashqari, YouTube shu yil boshida Donald Trampning akkauntidagi cheklovlarni olib tashladi va bu platformaning feyk maʼlumotlarga qarshi kurashdagi masʼuliyati haqidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.

YouTube saylovlarda feyk maʼlumotlarga nisbatan oʻz pozitsiyasini oʻzgartirayotgan boʻlsa-da, foydalanuvchilarni boshqalarni saylovlarda ishtirok etishdan qaytarishga toʻsqinlik qilishga doir qoidalarda sodiq qolmoqda. Platforma foydalanuvchilarning ovoz berish vaqti, joylari yoki talablari boʻyicha chalgʻitishga qaratilgan kontentiga, shuningdek, pochta orqali ovoz berishning haqiqiyligiga eʼtiroz bildiruvchi kontentlarga qarshi choralar koʻradi. Bundan tashqari, YouTube qidiruv natijalari va tavsiyalarida “obroʻli manbalar” kontentini doimiy ravishda targʻib qilishini taʼkidlaydi.

YouTube siyosatining oʻzgarishi uning saylovlarda feyk maʼlumotlar bilan ishlashga boʻlgan yondashuvida sezilarli oʻzgarishlarni koʻrsatadi. AQShda oʻtgan saylovlar haqida yolgʻon daʼvolarni targʻib qiluvchi kontentga ruxsat berish orqali YouTube ochiq siyosiy fikrlarni ragʻbatlantirishni maqsad qilgan. Biroq, platforma demokratik jarayonga toʻsqinlik qiladigan yoki saylovchilarni chalgʻitadigan notoʻgʻri maʼlumotlarga qarshi kurashadi.

Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu oʻzgarishlar YouTubeni notoʻgʻri maʼlumotlarga qarshi samarali kurashish masʼuliyatidan ozod etmaydi. Platforma soʻz erkinligini targʻib qilish va yolgʻon maʼlumotlardan kelib chiqadigan zararni yumshatish oʻrtasida muvozanatni taʼminlash boʻyicha doimiy muammoga duch keladi. Raqamli landshaft rivojlanib borayotgani va saylov mavsumlari kelishi va oʻtishi bilan YouTube oʻz platformasining yaxlitligini taʼminlash uchun zaruriy amaliyotlarini takomillashtirishda davom etishi kutilmoqda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.