Yangiliklar

Kreml Putin nomidan radio orqali qilingan murojaat feyk ekanini bildirdi

Rossiyaning Rostov, Voronej va Belgorod viloyatlarida 5-iyun kuni ertalab qator radiolar efirida Vladimir Putin nomidan qilingan murojaatni Kreml feyk deb atadi.

Murojaatda Rossiyada ommaviy mobilizatsiya eʼlon qilingani aytiladi. Bu maʼlumot ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqatildi.

Radiolarda ovozi va intonatsiyasi Putinga oʻxshagan diktor “Ukraina armiyasi Vashingtonning qoʻllovi ortidan NATO boʻlinmasi bilan birga Rossiyaga bostirib kirgani” ni aytgan va aholini evakuatsiyaga chaqirgan.

Mahalliy hokimiyatlar bu murojaat feyk ekanini va vaziyat nazorat ostida ekanini bildirdi. Bu murojaat efirda qanday paydo boʻlgani hozircha nomaʼlum.

Kremal matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Putin murojaat qilmaganini rasman maʼlum qildi. Bu voqea uchun hech kim masʼuliyatni zimmasiga olmadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.