Yangiliklar

Qozogʻiston 2024-yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishga tayyor boʻladi

Qozogʻiston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, 2024-yilgi kuz-qish mavsumida mamlakat infratuzilmasi Rossiya gazini Oʻzbekistonga tranzit qilish uchun tayyor boʻladi.

Qozogʻiston 2024-yilgi kuz-qish mavsumiga qadar Rossiya gazini Oʻzbekistonga tranzit qilish uchun infratuzilmani shay holatga keltiradi. Bu haqda 2-iyun kuni parlament quyi palatasida gaz tarmogʻi holati boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakat energetika vaziri Almasadam Satkaliyev maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston va “Gazprom” oʻrtasida gaz hajmi hamda narxi boʻyicha muzokaralar hamon davom etmoqda. Qozogʻiston tomoni allaqachon tranzitni taʼminlashga tayyorligini bildirgan.

“Bu muzokaralar yakunlanishi bilan biz infratuzilmamizni taqdim etishga tayyormiz. Qolaversa, infratuzilma kelasi yilning kuz-qish mavsumida tayyor boʻlishi haqida gapiryapmiz. Ushbu tranzitdan va tranzit uchun mablagʻ olishdan, umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida energiya taʼminoti ishonchliligini oshirishdan manfaatdormiz”, — dedi u.

16-may kuni Qozogʻiston hukumati yigʻilishida Energetika vazirligi rahbari Rossiya gazini Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga tranzit qilish imkoniyati boʻyicha muzokaralar “yetarlicha konstruktiv tarzda” ketayotganini aytgan edi.

Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Rossiya rus gazini yetkazib berishning tijoriy shartlarini faqat texnik masalalar hal etilgandan keyingina muhokama qila boshlashini taʼkidladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.