Yangiliklar

“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” ilk bor lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida chop etildi

Joriy yil 1-iyun kuni Fanlar akademiyasida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ilk bor chop etilgan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning taqdimoti oʻtkazildi.

Izohli lugʻat 6 jilddan iborat boʻlib, hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng isteʼmolda boʻlgan 80 mingdan ortiq soʻz va soʻz birikmalari, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid terminlar, bir necha shevada qoʻllanadigan soʻzlar, baʼzi tarixiy va eskirgan atamalarni qamrab olgan va unga 5 000 ga yaqin yangi soʻz kiritilgan.

Izohli lugʻatning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar – akademik Azim Hojiyev, akademik Toʻra Mirzayev, akademik Ernis Begmatov bevosita ishtirok etgan.

Shuningdek, ushbu loyihada filologiya fanlari doktori professorlar Nizomiddin Mahmudov (rahbar), Yorqin Odilov, Durdona Xudoyberganova hamda filologiya fanlari nomzodlari Abduvahob Madvaliyev, Feruza Musayeva, shuningdek, tajribali muharrirlar, musahhihlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, izohli lugʻatning taqdimot tadbirlarini barcha viloyatda oʻtkazish reja qilingan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.