Yangiliklar

Olimlar sunʼiy intellekt insoniyatning yoʻqolishiga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi

Qator texnologik kompaniyalar, jumladan, Center for AI Safety, OpenAI va Google DeepMind yetakchilari, taniqli olimlar sunʼiy intellekt insoniyatning yoʻqolishiga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Sunʼiy intellekt oqibatida insoniyatning yoʻq boʻlib ketishi xavfini kamaytirishga pandemiya va yadro urushi kabi global darajadagi ustuvor vazifa sifatida qarash lozim” — deyiladi Center for AI Safety saytida eʼlon qilingan bayonotda.

Bayonotni sunʼiy intellektni yaratish boʻyicha tadqiqot olib borgan 350 nafarga yaqin olim, injener va shirkatlar rahbarlari imzolagan. Ular orasida ChatGPT dasturi asoschisi boʻlgan OpenAI shirkati diretori Sem Altman va “sunʼiy intellekt otasi” sifatida koʻriladigan olim Jeffri Xinton ham bor.

Bu ilmiy jamoatchilikning sunʼiy intellektga bogʻliq birinchi bayonoti emas. Bundan avval mingga yaqin olim va texnolog, jumladan, Ilon Mask sunʼiy intellektni rivojlantirish ishlarini kuchaytirilgan xavfsizlik dasturlari ixtiro qilinguniga qadar olti oylik muddatga toʻxtatib turishni taklif qilgandi.

Chat GPT – Chat-bot yoki odam bilan muloqot qila oladigan komyuter dasturi boʻlib, u bir necha oy ichida internetda inqilob yaratdi. Sunʼiy intellektga asoslangan chat-bot axborot izlaydi va savollarga javob beradi. Topshriq berilsa, badiiy asarlar yozishi va dasturlar kodini tuzishi mumkin. Bundan tashqari chat-botlar biznes taqdimotlar va reklama matnlarini tayyorlashi mumkin.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.