Yangiliklar

“Shum bola” BBC tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi bolalar kitoblari yuztaligiga kiritildi

BBC barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi kitoblari ro‘yxatini tuzdi. Unda G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari ham keltirilgan.

Reyting butun dunyo bo‘ylab bolalar yozuvchilari, illyustratorlar, muharrirlar, nashriyotlar, kutubxonachilar va kitobxonlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida tuzilgan. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Moris Sendakning “Hayvonlar yashaydigan joyda” ertagi egalladi.

Shuningdek, ro‘yxatda Roulingning “Garri Potter” kitoblari, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda”, aka-uka Grimmlarning ertaklari ham keltirilgan.

«Shum bola» — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi,  XX asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.

Qissani F. Shayhutdinova (1968) hamda A. Naumov (1970) rus tiliga, V. Grimich[3] (1991) ukrain tiliga tarjima qilgan. 1977-yil asar asosida «Shum bola» filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.