Yangiliklar

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri 483 nafar bola halok boʻldi

Ukraina Bosh prokuraturasi maʼlumotiga koʻra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri 483 bola halok boʻldi, 989 bola turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Eng koʻp bolalar Donesk, Xarkov va Xerson viloyatlarida jabrlangan.

“Bu raqamlar yakuniy emas. Ularning sonini faol harbiy harakatlar olib borilayotgan joylarda, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda aniqlash ishlari davom etmoqda”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

BMT maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 24-fevraldan 2023-yil 8-maygacha Ukrainada 8791 nafar tinch aholi halok boʻlgan, 14815 nafari yaralangan.

Keng qamrovli vayron qiluvchi portlovchi qurollardan foydalanish paytida tinch aholining aksariyati jabr koʻrdi — 7297 kishi halok boʻldi, 14 022 kishi yaralandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham koʻproq boʻlishi mumkin.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.