Yangiliklar

Feyk: O‘zbekistonda o‘quvchilarning matematikadan olgan bahosi geometriya faniga amal qilmaydi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining matematikadan olgan bahosi geometriya faniga amal qilmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Respublika ta‘lim markazi matbuot kotibi mazkur xabarlarga oydinlik kiritdi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan yakuniy attestatsiyada o‘quvchining olgan imtihon bahosi algebra faniga qo‘yiladi, biroq geometriyaga amal qilmasligi haqidagi noto‘g‘ri ko‘rsatmalar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi Respublika ta‘lim markazi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 9-, 11-sinflarida matematika fanidan imtihon yozma ish shaklida o‘tkazilishi tavsiya etilgan.

O‘quvchi mazkur imtihondan yozma ishda belgilangan ballar asosida qaysi bahoni olsa, algebra faniga ham, geometriyaga ham shu baho qo‘yilishi ma‘lum qilindi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.