AQShning Montana shtatida “TikTok” taqiqlandi
Montana shtati gubernatori Greg Janforte 17-may kuni shtat hududida “TikTok” mobil ilovasini yuklab olish va undan foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi, qonun 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Bu haqda u o‘zining Twitter’ida yozgan.
Shtatning yangi qonuniga koʻra, TikTok mobil ilovasini yuklab olish taqiqlanadi. Qayd etilishicha, Apple va Google dasturlarni yuklab olish imkoniyatini yopishi kerak, aks holda ular jarimaga tortiladi.
To protect Montanans’ personal and private data from the Chinese Communist Party, I have banned TikTok in Montana.
— Governor Greg Gianforte (@GovGianforte) May 17, 2023
Gubernatorning soʻzlariga koʻra, qonun shtat fuqarolari shaxsiy maʼlumotlari Xitoy razvedkasi tomonidan oʻrganilishi va egallab olinishini bartaraf etadi. AQSH Milliy xavfsizlik agentligi Kiberxavfsizlik boʻlimi rahbari Rob Joys “TikTok” mobil ilovasini “Xitoy troyan oti” deb taʼkidlab, u AQSH aholisiga ijtimoiy jihatdan salbiy taʼsir etuvchi videolavhalarni koʻrsatishda ayblagan.
Avvalroq, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar, mansabdor shaxslar uchun “TikTok”dan foydalanishni taqiqlab qoʻygan edi. 24-fevral kuni Yevropa Ittifoqining ichki bozor boʻyicha Yevropa komissari Tyerri Breton YeI Kengashi xizmat boʻyicha xuddi shunday choralarni kiritganini aytdi.
Oʻzbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqqa 2021-yildan beri cheklov oʻrnatilgan.
