Yangiliklar

Buxoroda 5 ta arxeologiya yodgorligiga 291 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Buxoro viloyati Romitan tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida hududda joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga ko‘ra jami 291,4 milliard so‘mlik jiddiy shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilganligi sababli, o‘rta asrlarga oid “Tepa-9” 269,6 milliard so‘mlik, “Qalai Mullabektepa” 19,7 milliard so‘mlik, “Amirtepa” 1,1 milliard so‘mlik, “Xo‘ja Haqqitepa” 832 million so‘mlik va “Tepa-5” arxeologik yodgorliklariga 202 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.