Yangiliklar

Samarqandda uch nafar bola Zarafshon daryosiga cho‘kib ketdi

25-may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.

Qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

«Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, ta’qiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi prokuratura xabarida.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.