“Fishing” orqali 6 million griven oʻzlashtirgan kiberjinoyatchilar qoʻlga olindi
Ukraina huquq-tartibot organlari fishing havolalar orqali 1500 dan ortiq foydalanuvchilar bank kartalariga ulanib, 6 million griven (tahminan $ 162 ming) miqdorida zarar keltirgan kiberjinoyatchilar guruhi qoʻlga oldi.
Ular Ukraina Prezidenti, BMT va UNICEF kabi tashkilotlar niqobi ostida moliyaviy yordam taklif qilishgan va fuqarolar bank kartalari boshqaruvini qoʻlga kiritib, ulardagi mavjud mablagʻlarni oʻzlashtirishgan.
Lvov viloyati Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiyada 8 nafar kiberjinoyatchilar qoʻlga olinib, noqonuniy foydalanilgan mobil qurilmalar, kompyuter uskunalari, bank kartalari va SIM-kartalar musodara qilingan.
