Yangiliklar

Namangan davlat universitetida erkak o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Namangan viloyati IIB Namangan davlat universitetida yigit yaxshi ko‘rgan qizini pichoqlab o‘ldirgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 6-may kuni soat 12:00 da To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Namangan davlat pedagogika instituti binosi oldida oilaviy kelishmovchilik sababli o‘zining turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, uni pichoq bilan urib, o‘limiga sababchi bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning yozishicha, erkak 26 yoshda, ayol esa 23 da bo‘lgan.

Xotini pichoqlaganidan keyin u  o‘ziga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, o‘z joniga suiqasd qilgan Voqea joyida bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘z joniga suiqasd qilgan erkak shifoxonaga xushsiz holatda olib borilgan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o‘rtog‘i bilan 2022-yilning yanvar oyidan buyon o‘zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan. Shundan so‘ng, u turmush o‘rtog‘ini o‘zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashq qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib yurgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.