Yangiliklar

“DarkNet”da giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan 288 kishi hibsga olindi

Toʻqqiz davlatni qamrab olgan “Spektor” operatsiyasi doirasida giyohvand moddalar va boshqa noqonuniy tovarlar sotiladigan va sotib olinadigan noqonuniy Monopoliya bozori yopildi.

Yevropol maʼlumotlariga koʻra, operatsiya davomida yashirin bozorda giyohvand moddalarni sotib olish yoki sotishda gumon qilingan 288 kishi hibsga olingan. Shuningdek, 53 million dollar naqd pul va virtual valyutalar, 850 kg narkotik moddalar va 117 ta oʻqotar qurol musodara qilindi.

Operatsiyada Avstriya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Polsha, Braziliya, Buyuk Britaniya, AQSH va Shveysariya politsiya xodimlari ishtirok etdi.

Monopoliya bozori 2019 yildan beri “DarkNet“da mavjud va jinoyatchilar giyohvand moddalarni sotib olishlari va sotishlari mumkin boʻlgan bozor boʻlib xizmat qiladi. Nemis rasmiylari 2021 yilda saytning jinoiy infratuzilmasini yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi, bu esa tergov organlariga sayt xaridorlari roʻyxatini olish imkonini bergan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.