Yangiliklar

Toshkentda atir hidlayotganlar vafot etayotgani rad etildi

Toshkent shahrida ayollar atir sotib yurgani, uni hidlaganlar esa vafot etayotgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur xabar haqiqatga mutlaqo zid bo‘lib, bu kabi holatlar Toshkent shahrida qayd etilmagan, shu mazmundagi yolg‘on xabarlar bir necha yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurgani qo‘shimcha qilingan.

“Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari! Sizlardan asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni hamda tarqatmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.