Jizzaxda “Green Card chiqdi” deya 103 kishini chuv tushirgan shaxslar aniqlandi
Jizzax viloyati IIB 300 nafardan ortiq fuqaroning pul mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilgan jinoiy guruh to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, fuqaro D.R., A.G‘. va R.N. jinoiy til biriktirgan holda 103 nafar jabrlanuvchini o‘zlari tayyorlagan soxta hujjatlar asosida AQSHga borishi uchun Green Card lotereyasidan yutuq chiqqaniga ishontirib, aldov yo‘li bilan ularning jami 2 milliard 597 million so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.
Sud qarorlarining qonuniyligi o‘rganilganda, protest keltirish uchun asoslar topilmagan.
Bundan tashqari, A.G‘. va R.N. tergovdan yashiringani sababli ularga nisbatan sudning ajrimiga ko‘ra, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv eʼlon qilingan.
Toshkentda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan talaba ushlangani, Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilganito‘g‘risida xabar berilgandi. DXX AQSHga ishga yuborish uchun 30 ming dollar so‘ragan shaxsni qo‘lga olgan.
Avvalroq chet elda ishlamoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Germaniya, Isroil, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Polsha davlatlariga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etayotgani ma’lum qilingandi.
