Yangiliklar

Ramazon hayiti kunlari oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi Prezident farmonida haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 24-aprel (dushanba) qoʻshimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari:

    • 22-aprel —shanba;
    • 23-aprel — yakshanba;
    • 24-aprel — dushanba (koʻchirilgan dam olish kuni).

Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.

Agar 22-aprel — shanba Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.