Yangiliklar

Muzlatkich zilzilada qutqarib qolishi mumkinligi rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida muzlatkich (xolodilnik) zilzila paytida odamlar hayotini saqlab qolishi mumkinligi haqidagi xabar tarqaldi. Ilova qilingan suratlarda sovutkich go‘yo qulab tushgan og‘ir shiftlarni ushlab turgani tasvirlangan.

«Turkiyada ishlayotgan FVV xodimlarimiz zilzila sodir bo‘lganda eng xavfsiz joy muzlatkichning yoni ekanini maʼlum qilmoqda», deyiladi xabar matnida.

«Mana muzlatkich yaqinidagi xavfsiz joy. Men muzlatkich yoni mutlaqo xavfsiz deb aytolmayman. Lekin qarang, qancha xonadonlarni ko‘rdik, shift doimo muzlatkich ustida turadi. Bundan tashqari, muzlatkichda ovqat va suv bor. Qayerga bormang, hamma joyda shu holat. Uning ustida 10-15 qatlam beton plita turibdi, lekin hammasini ushlab turibdi», deydi audioxabarda erkak ovozi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qozog‘istonlik qutqaruvchilar bu maʼlumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlamaganini maʼlum qildi.

s3d1wufb9t0bkpxwaa40-is6d2-wehxm

«Biz Turkiyada ishlayotgan xodimlarimizdan so‘radik. Ular hech qachon bunday narsani ko‘rmagan. Balki bu boshqa viloyatlarda olingan suratlardir. Shuning uchun biz bu maʼlumotni tasdiqlay olmaymiz, shuningdek, rad eta olmaymiz», deyiladi xabarda.

Qozog‘iston FVV vakili Ruslan Imonqulov so‘zlariga ko‘ra, muzlatkich og‘ir plitalarni ushlab turishi dargumon.

«Agar ushbu fotosuratlarga qarasangiz, muzlatkich yuqoridan bu plitalarni ushlab turmaganini ko‘rishingiz mumkin. Balki beton plitalarning og‘irligi unchalik katta bo‘lmagan eng yuqori qavatlarda muzlatkich nazariy jihatdan bu og‘irlikni ko‘tara olishi mumkin. Lekin, muzlatgich nimadan yasalganiga qarang: ichi plastmassadan, tashqi tomoni esa yupqa metall qatlamdan iborat. U og‘ir plitalarni ushlab tura olishi dargumon», dedi u.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.