Baxtsiz hodisa tufayli shosseda elektromobil portladi(mi)
Ijtimoiy tarmoqda elektromobil baxtsiz hodisa (avariya) dan so‘ng portlagani xususidagi video tarqaldi. Biz ushbu jarayon haqiqatdan ham elektromobil bilan sodir bo‘lganmi yo yo‘qligiga aniqlik kiritamiz.
Ushbu videoni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ayrim jihatlar uning shubhali ekanligini ko‘rsatadi.
Bu videoda haqiqatdan elektromobil portlayaptimi?
Tarmoqda yonayotgan avtomobil aks etgan video tarqaldi. Video muallifi yonayotgan mashina va ketma-ket qator portlashlarni tasvirga olgan.
Xabar muallifi tarmoqda avtohalokat tufayli shosseda elektrokar portlaganini yozadi.

Internet saytlaridan manba izlaymiz
Bu xabar aslida soxta bo‘lib, yonayotgan mashina elektromobil emas balki yuk mashinasi bo‘lgan va uning gaz ballonlari portlagan. Bu voqeaga esa yaqinda 10 yil to‘ladi.

2013-yil 13-iyul kuni Moskva halqa yo‘lida oddiy avtobus 119 dona gaz balloni bo‘lgan Isuzu yuk mashinasi bilan avtohalokat sodir etadi. Haydovchi va avtobusdagi 28 yo‘lovchi bu voqeadan jabrlanmagan. YTHda jabrlangan yuk mashinasi haydovchisiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Asl video YouTube‘da 2013-yil 15-iyulda “Gazel (isuzu) va gaz ballonlarining Moskva halqa yo‘lida 2013-yil 13-iyul kuni portlashi” nomi ostida eʼlon qilingan. (Vzriv Gazeli(isuzu) i gazovix ballonov na MKADe 13.07.2013. Explosion of a truck in Moscow)

Youtube‘dan yuqoridagi videoga aloqador boshqa videolar ham kelib chiqdi. Biz haqiqatdan ham YTH jarayoni tushgan va avtomashina kuzatuv kamerasiga qayd etilgan boshqa videoni ham topishga muvaffaq bo‘ldik. U yerda avtoavariya haqiqatdan ham gaz balonlar ortilgan yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgani va portlashlar ham ushbu gazbalonlari orqali bo‘lganini ko‘rish mumkin.
https://youtu.be/SVoI3hB4IiM
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. “Elektromobillar o‘zi portlaydimi?”
AQSHning Florida shtatidagi o‘t o‘chirish bo‘limlari o‘tgan yilning oktyabr oyida jiddiy muammoga duch keldi. Ian to‘foni o‘tib ketganidan bir necha hafta o‘tgach, elektromobillar o‘z-o‘zidan yonib keta boshladi. Mutaxassislar muammoning nimada ekanligini allaqachon tushunishgan, ammo hozirgacha hech kim uni qanday hal qilishni bilmaydi. Aytgancha, ushbu shtat Qo‘shma Shtatlardagi elektr transport vositalarining ikkinchi yirik bozori bo‘lib, bu yerda 95 mingga yaqin avtomobil ro‘yxatga olingan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, elementlarning kuchayishi paytida elektr transport vositalarining akkumulyator bo‘linmalariga katta miqdorda namlik tushadi. Bu, o‘z navbatida, batareyalarda korroziya hosil qila boshlaydi. Bir nuqtada ko‘p miqdorda to‘plangan korroziya elementlari natijasida batareyalar yonishni boshlaydi. Baʼzi hollarda yong‘inlar portlashlar bilan boshlanadi.
“Bu bizning o‘t o‘chiruvchilarimiz ilgari duch kelmagan yangi muammo. Hech bo‘lmaganda shunday miqyosda”, – dedi mahalliy o‘t o‘chirish boshqarmasi boshlig‘i Jimmi Patronis.
Xulosa
Mutaxassis bildirgan fikrga tayansak, elektromobillar ham yonishi, ham portlashi mumkin. Lekin biz izlagan faktdagi kabi ketma – ket seriyali portlamaydi.
