Yangiliklar

Xakerlar “Kalendar” nomli ayg‘oqchi dastur orqali “iPhone”ga hujum qilishmoqda

Xakerlar “iPhone”ga “Quadream” josuslik dasturini yuqtirishning yangi usulidan foydalanmoqda. Ular internet foydalanuvchilariga zararli havolalarni o‘z ichiga olgan ko‘rinmas kalendar taklifnomalarini yuborishadi.

Kalendar taklifnomalari qurilma ekranida ko‘rinmaydi, lekin bildirishnoma markazida paydo bo‘ladi. “Quadream” foydalanuvchilarni “iPhone”ga o‘rnatishga harakat qiladigan saytga yo‘naltiradi.

“Quadream” – bu virusli qurilmadan kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, fotosuratlar, joylashuv va hatto parollar kabi turli maʼlumotlarni to‘plashi mumkin bo‘lgan josuslik dasturi.

Xavfsizlik mutaxassislari bu hujumni aniqladi va xavf haqida ogohlantirdi. Ular “iPhone” foydalanuvchilariga taqvim – (kalendar) takliflaridan ehtiyot bo‘lishni va shubhali havolalarni ochmaslikni maslahat berishadi.

Shuningdek, ular o‘z qurilmalarini “Quadream” va boshqa tahdidlardan himoyani o‘z ichiga olgan “iOS”ning so‘nggi versiyasiga yangilashni tavsiya qiladilar.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.