“Dahshatli kadrlar”: Peskov ukrainalik harbiy asirning boshi kesilishiga munosabat bildirdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rossiyalik harbiylar tomonidan sodir etilgani aytilayotgan ukrainalik asirning boshi kesilishiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatchining (ehtimol ukrainalik) boshi kesilgani tasvirlari, agar ularning haqiqiyligini tasdiqlash mumkin bo‘lsa, tekshirish uchun sabab bo‘lishi mumkin.
“Dastlab ushbu dahshatli kadrlarning haqiqiyligini tekshirish kerak, albatta, bu dahshatli kadrlar. Bu, albatta, bu rostan ham sodir bo‘lganmi yoki yo‘qmi tekshirish uchun sababdir. Agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, unda qayerda va kim tomonidanligini aniqlash kerak”, — dedi Peskov.
Videoda noma’lum harbiy qo‘liga ukrainalik askarlarga xos sariq tasma bog‘langan erkakning boshini tiriklayin kesib oladi. Qotilning kiyimida uning qaysi tomonga tegishli ekanini bildiruvchi biror belgi ko‘rinmagan. Kadr ortida bir kishi: “Uni qopga solib, komandirga yuboringlar”, deydi.
“Hamma narsa uchun huquqiy javobgarlik bo‘ladi. Terrorni yengish kerak. Agar rahbarlar munosabat bildirmasa, odamlar tushunib yetmaydi. Hozir harakatni boshlash kerak! Biz Ukrainadagilar esa frontga maksimal darajada to‘planishimiz kerak. Maksimal yordam kerak”, — degan u.
