12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni
12-aprel kuni insonning koinotga birinchi parvozi amalga oshirilganligi sababli ushbu kun «Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni» sifatida nishonlanib kelinadi.
1961-yil 12-aprel kuni Yu.A. Gagarin «Vostok» kosmik kemasida dunyoda birinchi marta yer shari atrofida orbital parvozni amalga oshirib, kosmik parvozlar davrini ochib bergan.
Insonning koinotga uchishining 50 yilligi munosabati bilan 2011-yilning 7-aprel kuni BMT Bosh Assambleyasi 12-aprelni Insoniyatning koinotga parvozi xalqaro kuni deb eʼlon qildi.
Har yili ushbu kun xalqaro darajada insoniyat uchun kosmik asrning boshlanishini nishonlash maqsadida nishonlanadi. Bu esa barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda davlatlar va xalqlarning farovonligini oshirishga qoʻshayotgan muhim hissasini yana bir bor tasdiqlaydi.
Koinotdagi sunʼiy yo‘ldoshlarga nisbatan kiberhujumlar sodir etilayotgani yangi hodisa emas. Xususuan, 1988-yilda AQSH va Germaniyaning hamkorlikdagi loyihasi «ROSAT X-Ray» sunʼiy yo‘ldoshi xakerlar hujumiga uchrab, boshqaruvni yo‘qotganligi natijasida, yaroqsiz holga kelgan va 2011-yilda u yerga qaytariladi.
Bu esa yangi kibertahdidlardan ogoh bo‘lishimiz lozimligini anglatadi.
