Yangiliklar

Oʻzbekiston yoshlari “yaxshi”, “oʻrta” va “ahvoli ogʻir” toifalariga ajratildi

Oʻzbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 3 toifaga — “yaxshi”, “oʻrta” va “ahvoli ogʻir” toifalariga ajratildi. Bu haqda 11-aprel kuni prezident raisligida oʻtgan, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etishga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Toifalashda yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari oʻrganilib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi taʼkidlandi.

Bunda:

  • yaxshi oʻqiyotgan, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol boʻlgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;
  • turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “oʻrta” toifaga kiritildi;
  • davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan hamda koʻmakka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli ogʻir” toifasiga alohida ajratib olindi.

Davlat rahbari yigʻilishda uchinchi toifaga batafsil toʻxtaldi.

116 ming nafar yoshlarning nogironligi boʻlsa, 30 mingtasida surunkali kasalliklar borligi, 32 ming nafar yoshlar profilaktika, 16 ming nafari probatsiya nazoratida, 9 ming nafari muntazam dars qoldirishini maʼlum qildi.

Har bir vazir, vazir oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan eʼtiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar asosiy eʼtiborini “oʻrta” toifaga kirgan 4,6 million yoshlar bilan ishlashga qaratishi lozimligi taʼkidlandi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.