Qozog‘istondan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Olmaota politsiyasi tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida 18 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari aniqlandi.
«Huquqbuzarlik qilgan 19 nafar fuqaroni davlat chegarasigacha olib o‘tishni tashkil etdik. Ushbu maqsadlar uchun ko‘p o‘rinli avtobus taqdim etiladi. Ular Jibek jo‘li nazorat-o‘tkazish punktida davlat chegarasigacha kuzatib borildi», — dedi Migratsiya boshqarmasi boshlig‘i Asxat Butunchinov.
Olmaota politsiyasi noqonuniy migratsiya kanallarini, chet elliklarni noqonuniy yollash faktlarini aniqlash maqsadida doimiy ravishda “Migrant”, “Noqonuniy” va “Qonun va tartib” bo‘yicha ish olib bormoqda
Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston qo‘shni Qozog‘iston Respublikasini ishchi kuchi bilan taʼminlash borasida beshinchi o‘rinda turadi. Qozog‘istonga ishlash uchun asosan Xitoy, Hindiston, Turkiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistondan chet elliklar keladi. Hozir respublikada 1640 nafar ish beruvchi xorijlik migrantlar xizmatidan foydalanmoqda. Qayd etish joizki, xodimlarning 96 foizi Qozog‘iston respublikasi fuqarolaridir.
