Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev pensiya va ish haqini oshirishga oid farmonni imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon matni prezident saytida eʼlon qilindi.

Hujjatga muvofiq, joriy yilning 1-aprelidan O‘zbekistonda pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Xususan, keyingi oydan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 347 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 677 ming so‘m, nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori oyiga 747 ming so‘m, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori oyiga 747 ming so‘m, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda oyiga 3 million 296 ming so‘m, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori oyiga 535 ming so‘mni tashkil etadi.

Nafaqa miqdorining oshirilishi 4,4 million pensionerga taʼsir qilishi kutilmoqda.

Farmonda joriy yilning 1-mayidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirilishi qayd etilgan. Hujjat bilan may oyi boshidan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 980 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) esa oyiga 330 ming so‘m etib belgilangan.

O‘zbekistonda so‘nggi bor pensiyalar o‘tgan yilning 1 -mayidan, byudjet tashkilotlari xodimlari maoshi esa 1-iyundan oshirilgan edi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.