Dunyodagi eng mashhur sanʼat asari sunʼiy intellekt yordamida o‘zgartirildi
Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub butun dunyoga mashhur “Mona Liza” surati besh asrdan ko‘proq vaqtdan beri o‘z yaratilish tarixini sir saqlab kelmoqda.
Rassom suratni hatto safar-sayohatlari paytida ham undan ajralmagan holda 15 yil mobaynida chizgan.
“Midjourney” kompaniyasi “Jakonda” boshqa mintaqalarda hayot kechirganida, asar qanchalik o‘zgacha bo‘lishi mumkinligi ustida sunʼiy intellekt yordamida tajribalar o‘tkazdi.
“Mona Liza” surati 1503-1506-yillar oralig‘ida chizilgan.
Tarixda taniqli italyan rassomi Jorjo Vazari suratda florensiyalik ipak savdogarining rafiqasi «Liza del Jakonda» tasvirlanganligi haqida gapirib o‘tgan, ammo hanuzgacha uning kim ekanligi haqida aniq maʼlumotlar yo‘q.
Hozirgi kunda surat Parijdagi Luvr muzeyining mashhur asarlar qatoriga joylashtirilgan.








