Neshvilldagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 6 kishi halok bo‘ldi
AQSH Tennessi shtatining Neshvill shahrida xususiy boshlang‘ich xristian maktabiga qurolli hujum uyushtirildi.
Oqibatda kamida uch bola va uch katta inson halok bo‘ldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Shahar politsiya boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda qurol ishlatilgani va otishma sodir etganlikda gumon qilingan shaxs o‘ldirilganini maʼlum qildi. CNN nashrining taʼkidlashicha, bu o‘smir qiz bo‘lib, unda kamida ikkita miltiq va bitta to‘pponcha bo‘lgan. U maktab binosi ichida politsiya tomonidan otib tashlangan.
Shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi 200 ga yaqin bola taʼlim oladigan maktabda ko‘plab jarohatlanganlar borligini maʼlum qilmoqda.
Maktabga uyushtirilgan hujum sabablari maʼlum emas.
