Yangiliklar

Vetnam Toshkent viloyatida 125 mln dollarga yirik zavod qurmoqchi

Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Mareven Food Holdings (Vetnam) kompaniyasi direktori Nguyen Duong bilan video-konferensiya muzokarasida tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, quritilgan sabzavotlar va chips ishlab chiqaradigan 125 million dollarlik yirik zavod qurish muhokama qilindi. Loyiha Toshkent viloyatidagi “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilib, 800 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Maʼlumot uchun, kompaniyaning xalqaro portfeliga “Rollton”, BIGBON, Mareven Professional Food, “Petra”, Actibo brendlari kiradi.

Muzokara davomida vetnamlik hamkorlar kompaniya mahsulotlarini qabul qilish, Oʻzbekiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga tarqatish maqsadida Toshkent viloyatida logistika markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning holati haqida ham soʻzlab berdi. Oʻzbekiston tomoni kompaniyaning mamlakatdagi sarmoyaviy tashabbuslarini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilish tartibi kelishib olingan.

Avvalroq Uzum xoldingi mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirayotgani, Oʻzbekiston—Ozarboyjon investitsiya jamgʻarmasi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.