Yangiliklar

Belarusda davlatga xiyonat qilgan amaldorlarga o‘lim jazosini qo‘llash haqidagi qonun kuchga kirdi

25-mart kuni Belarusda davlatga xiyonat qilgan mansabdor shaxslar va harbiy xizmatchilarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi qonun kuchga kirdi.

Ushbu qonun terrorizmni targ‘ib qilish va armiyani obro‘sizlantirish uchun ham jinoiy javobgarlikka tortadi.

“Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2022-yil oktabr oyi oxirida Belarus Milliy Assambleyasi vakillar palatasiga kiritilgan. 2023-yil fevral oyining oxirida u parlamentda ikki o‘qishdan o‘tdi, so‘ng Respublika kengashi tomonidan ma’qullandi.

Qonunga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan “davlatga xiyonat uchun” jinoiy javobgarlik davlat lavozimini egallab turgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday holda, hujjat umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosini qo‘llash imkoniyatini nazarda tutadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.