Ulug‘bek Rozuqulov yana “O‘zavtosanoat” rahbari bo‘ldi
Ulug‘bek Ubaydullayevich Rozuqulov “O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”ning sohadagi manbasi.
Ulug‘bek Rozuqulov (1969-yilda tug‘ilgan) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.
U bu lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan O‘zbekistonning Indoneziyadagi, 2019-yilning oktabr oyidan esa Vetnamdagi elchisi bo‘lib ishlagan.
2017−2018-yillarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (hozirgi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports)da boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, unga qadar bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
