Yangiliklar

Moskva bloger Ilya Varlamov va huquq faoli Pavel Chikovni “xorij agenti” deb eʼlon qildi

Rossiya Adliya vazirligi bloger Ilya Varlamov va “Agora” xalqaro inson huquqlari guruhi rahbari Pavel Chikovni “xorij agentlari” ro‘yxatiga kiritdi.

Bundan tashqari mazkur ro‘yxatdan tanishuv sayti, “Volya” partiyasi raisi Svetlana Lada-Rus (Peunova), “Dojd” telekanalining sobiq jurnalisti Bogdan Bakaleyko, siyosatshunos Ruslan Aysin ham joy oldi.

Adliya vazirligi Varlamov va Chikovni “davlat hokimiyati organlari qabul qilayotgan qarorlar va olib borayotgan siyosat to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot tarqatganlik”da ayblamoqda.

Vazirlikga ko‘ra, bloger Varlamov “xorijiy manbalardan moliyaviy ko‘mak” olib turgan, Chikov esa “xorij agentlari tomonidan yaratilgan materiallarni tarqatgan”. Ro‘yxatga kiritilgan boshqa shaxslarga ham mana shu kabi ayblovlar qo‘yilmoqda.

2012 -yilda “Xorij agentlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi ortidan 2017-yilda “xorij agentlari ro‘yxati” ham shakllantirildi. Bu ro‘yxatga shu kungacha yuzlab shaxslar va nodavlat tashkilotlari kiritilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.