24 mart – «Apple» birinchi grafik operatsion tizimini taqdim etgan kun
2001-yil aynan shu kun Stiv Djobs «Apple» kompaniyasining birinchi grafik operatsion tizimi «Mac OS X»ni taqdim etdi.
Operatsion tizimni o‘rnatish uchun kompyuterdan 800 Mb doimiy xotira va 128 Mb tezkor xotira talab qilingan, bu esa o‘sha davrning kompyuterlari uchun katta ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan.
«Mac OS X»ning “Kodiak” deb nomlangan beta (sinov) versiyasi 29.95 AQSH dollaridan, kamchiliklari bartaraf etilgan yakuniy “Puma” deb nomlangan versiyasi 129 AQSH dollardan sotuvga chiqarilgan.
1955-yil 24-fevral kuni AQSHning San-Frasisko shahrida tug‘ilgan ixtirochi, dizayner va tadbirkor “Apple”, “NeXT” va “Pixar” kompaniyalar asoschisi Stiv Djobs bankrotlik yoqasida turganida “Mac OS X” orqali «Apple» uni saqlab qolgan.
“Mac OS X” operatsion tizimi o‘rnatilgan “iMac” kompyuterlari kompaniya tarixida eng ko‘p sotilgan kompyuterlardan biri bo‘lib qolgan.
“Mac OS X” interfeys jihatdan chiroyli dizaynga ega bo‘lganligi sababli boshqa operatsion tizimlarga nisbatan juda katta farq bilan oldinlab ketgan.
“Mac OS X” operatsion tizimlari faqatgina “Apple” mahsulotlariga o‘rnatilishi mumkinligi sababli ular hech qanday litsenziyani talab etmaydi va tizimda buzilishlari ham juda kam kuzatiladi. Shuningdek, operatsion tizimni tajribasi yo‘q foydalanuvchi ham o‘rnata olishi mumkin.
2020-yildan hozirgacha “MacOS” operatsion tizimlari uchun zararli viruslar 674 273 tadan oshgan bo‘lsa-da, “Windows” operatsion tizimlarida shu kabi viruslar 91 milliondan ortiq ekanligi aniqlangan.
