Yangiliklar

Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi

2023-yilda Ramazon oyining birinchi kuni 23-mart, payshanba kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari kengashi Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda shunday xulosaga keldi.

Bu haqda Toshkent viloyati hududida Ramazon hilolini kuzatish jarayonida ishtirok etgan idora raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov e’lon qildi.

21 mart kuni imzolangan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan, 2023-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zMIning axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana hamda qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.