Yangiliklar

Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi

Moskvadagi turar joy majmuasi qurilishida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda BAZA xabar berdi.

Hodisa 18-mart kuni tongda yuz bergan, “Ostrov” turar joy majmuasining ellikdan ortiq ishchisi armatura va bolg‘a bilan ommaviy mushtlashuv uyushtirgan. Nizoga quruvchilarning oshxonaga tashrif buyurish vaqtini kelisha olmagani sabab bo‘lgan. Xususan, O‘zbekiston fuqarolari tojikistonlik hamkasblaridan oldin ovqatlanishni xohlagani, biroq ular ham xuddi shunday bo‘lishini istagani ta’kidlangan.

Oqibatda ular o‘rtasida mushtlashuv boshlangan. Janjalda ishtirok etgan ayrimlar boshidan jarohat olgani, reanimatsiyaga olib ketilgani aytilmoqda. Mushtashuv ishtirokchilarining aksariyati politsiyaga olib ketilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.