Yangiliklar

Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi Putinni hibsga olishga order berdi

Niderlandiyaning Haaga shahridagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. Tegishli press-reliz sudning veb-saytida joylashtirilgan.

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda. Sud tushuntirganidek, buning uchun shaxsan Putin javobgar, deb hisoblash uchun «oqilona asoslar» bor.

Xuddi shunday hibsga olish orderi Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.