182 milliard 386 million soʻm! Oʻzbekistonda referendumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun qancha mablagʻ sarflashi ochiqlandi
Oʻzbekistonda referendumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun qancha mablagʻ ajratilganligi aytildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi hamda Oliy Majlis Senatining 14-martdagi qarorlariga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni oʻtkazilishi belgilandi.
MSK aʼzosi Adham Ibodullayevga koʻra, referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 182 milliard 386 million soʻm ajratilgan.
