Yangiliklar

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan hamkorlikda qo‘shma avtomobil zavodini ishga tushiradi

Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan hamkorlikda qo‘shma avtomobil zavodi ishga tushiriladi.

Sputnik’ning ma’lum qilinishicha, qurilish ishlari aprelda boshlanadi, iyulgacha zavod ishga tushadi.

Iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Aynura Usenbekovaga ko‘ra, 19 ta modelni ishlab chiqarishga ruxsat berilgan va birinchi ishlab chiqariladigan mashina Cobalt bo‘ladi.

“Birinchi bosqichda 3 yil ichida 10 ming, ikkinchi bosqichda 20 ming, uchinchi bosqichda 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunida ikki mamlakat yetakchilari hamda hukumat vakillari o‘rtasida qator hujjatlar imzolangandi.

Ular orasida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim” ham mavjud bo‘lgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.