Yangiliklar

“Oʻzbekneftgaz“dan chegirma: AI-92 benzini 7 500 soʻmdan sotiladi. Chegirma amal qilish muddati cheklangan

UNG Petro benzin quyish shoxobchasi AI-92 uchun bahorgi chegirma e’lon qildi. Bu haqda UNG Petro matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bahorgi chegirma doirasida UNG Petro’da AI-92 benzini 7 500 so‘mdan sotiladi. Chegirma faqat cheklangan muddatda amal qilishi ta’kidlangan.

Ushbu benzin quyish shoxobchasida AI-92 benzini uchun eski narx 9 200 so‘m atrofida edi.

UNG Petro “O‘zbekneftgaz”ga qarashli benzin quyish shoxobchalari tarmog‘i hisoblanadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.