Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash jarayoni bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Surxondaryo viloyatidagi vzvodlaridan biriga tashrif buyurdi.

Ma’muriy binodagi sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘zdan kechirildi. Davlat chegarasini qo‘riqlashda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati ta’kidlandi.

Davlat rahbari O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

– Vatanimiz himoyachilarining o‘z vazifalarini xotirjam bajarishi, farzandlar tarbiyasi sizlarga bog‘liq. Turmush o‘rtoqlaringizga madadkor bo‘lib, katta jasorat ko‘rsatayapsiz. Sizlar ham Vatan himoyachisizlar, – dedi Shavkat Mirziyoyev harbiylarning rafiqalariga.

Hovlida o‘yingohlar, sport maydonchalari, ayollar uchun tikuvchilik va qandolatchilik xonasi tashkil qilingan. Bolalarni maktab va bog‘chaga eltish uchun avtobus yo‘lga qo‘yilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.