Yangiliklar

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Toshkentga keldi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegasiya 13-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining xabar qilishicha, yuqori martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Folker Tyurk tashrif davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirmoqda.

Shuningdek, BMT vakili Qoraqalpog‘istonga ham boradi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.