Yangiliklar

Yangi Konstitutsiyani referendumga qoʻyishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi – Konstitutsiyaviy sud

Bugun, 13-mart kuni Qonunchilik palatasi qarorining Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash boʻyicha Konstitutsiyaviy sudning majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qoʻyishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmagan.

Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomovning aytishicha, Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi amaldagi Konstitutsiya, boshqa hamma qonunlar va Oʻzbekistonning xalqaro hujjatlariga toʻliq mos keladi.

Eslatib oʻtamiz, 10-mart kuni deputatlar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi qabul qilingandi. Shuningdek, umumxalq referendumini oʻtkazish sanasini 2023-yil 30-aprel qilib belgilangandi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.