Yangiliklar

O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi

2023-yil mart oyidan mobil internet tezligini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi. Bu haqda «O‘zbektelekom» axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi.

Loyiha doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 3 mingdan ortiq mavjud tayanch stansiyasi eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilanadi va 2 mingdan ortiq yangi tayanch stansiyasi qurilib, ishga tushiriladi.

Qator tayanch stansiyalarini 5G standartiga yangilash jarayoni loyihaning muhim bosqichi hisoblanadi. Natijada, mobil aloqa abonentlari beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Ishlar yakuniga yetgach, respublika bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etishning keyingi bosqichlari tahlil qilinadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.