Yangiliklar

O‘zbekistonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum 30-aprelga belgilandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 10-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yangi tahrirdagi “Konstitutsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Jonli efirda bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida qatnashgan 5 ta partiya deputatlarining 132 nafari loyihani maʼqullab ovoz berishdi. 2 nafar deputat betaraf qolgan bo‘lsa, 3 kishi ovoz bermadi.

Shuningdek, deputatlar umumxalq referendumini o‘tkazish sanasini 2023-yil 30-aprel qilib belgiladilar.

O‘zbekistonning amaldagi 128-moddadan iborat konstitutsiyasidagi moddalar sonini 155 taga, mavjud 275 ta normani 434 taga yetkazish taklif qilinmoqda.

Avval xabar qilinishicha, 9-mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga oid qonun loyihasi muhokamasi uchun yalpi majlisga yig‘ildi.

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida, amaldagi bosh qomus 65 foizga o‘zgargani bois, O‘zbekistonning Yangi konstitutsiyasi, deb atash taklif qilindi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.