Yangiliklar

BMT bosh kotibi: Gender tengligiga erishish uchun 300 yil kerak bo‘ladi

BMT bosh kotibi Antonui Guterrish dunyoda gender tengligiga erishish uchun yana 300 yil kerak bo‘lishini aytdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Guterrish BMT Bosh assambleyasidagi nutqi davomida butun dunyoda ayollar huquqlari poymol qilinishda davom etayotganini aytdi. U xotin-qizlar huquqlari buzilishida onalar o‘limi, qizlarning maktabga bora olmasligi, hamshiralarning ish bilan ta’minlanmagani, qizlarning erta turmushga chiqishiga bosim o‘tkazilayotganini misol qilib ko‘rsatdi.

“O‘nlab yillar davomida erishilgan yutuqlar ko‘z o‘ngimizda yo‘qolib bormoqda”, — dedi Guterrish.

U “Tolibon” Afg‘oniston hokimiyati tepasiga kelgach “ayollar va qizlar jamoat hayotidan chetda qolib ketgan”ini haqida eslatdi. Shuningdek, Guterrish ko‘p joylarda ayollarning jinsiy va reproduktiv huquqlari poymol etilishini, ba’zi mamlakatlarda maktabga borgan qizlarni o‘g‘irlab ketish xavfi borligini tushuntirdi.

«Gender tengligi istiqboli tobora uzoqlashib bormoqda. Hozirgi rivojlanish sur’ati bilan u 300 yilga orqaga surilmoqda”, — dedi Guterrish.

BMT bosh kotibi gender tengligiga erishish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollar va qizlarning ta’lim, daromad va bandlik darajasini oshirish, ularning fan va texnologiya rivojlanishidagi ishtirokini rag‘batlantirishni aytdi.

“Patriarxat, diskriminatsiya va zararli stereotiplar davri ilm-fan hamda texnologiyada katta gender bo‘shliqni yaratdi. Global tizim butun dunyo bo‘ylab ayollar va qizlar uchun ishlamaydi. Ular o‘zgarishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.