Oʻzbekiston fuqarolik jurnalistlar va blogerlar uchun “Onlayn jurnalistika asoslari” mavzusida masofaviy trening
Internews Network xalqaro nodavlat tashkiloti oʻzbekistonlik fuqarolik jurnalistlar va blogerlar uchun “Internet-jurnalistikasi asoslari” onlayn treningini oʻtkazmoqda.
Treningga oʻzbekistonlik fuqarolik jurnalistlar va blogerlar taklif etiladi.
Trening quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- Jurnalistikaning maqsad va vazifalari
- Jurnalistikada axloq meʼyorlari
- Mavzu topish va manbalar bilan ishlash
- Faktcheking
- Onlayn manba uchun yangilik yozish
- Jurnalistikaning janr va uslublari
- Ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish xususiyatlari
Onlayn trening oʻtkazilish sanasi: 2020-yil 6 – 20-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Har hafta Zoom platformasida har biri ikki soatdan davom etadigan uchta vebinar boʻlib oʻtadi, biz keyinchalik vebinarlarning vaqti haqida maʼlumot beramiz.
Trening nafaqat nazariy materiallarni taqdim etish, balki ishtirokchilar tomonidan amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish, shuningdek, vebinarlar orasida murabbiydan fikr-mulohazalarni olishni ham oʻz ichiga oladi. Barcha ishtirokchilar topshiriqlarni bajarish uchun shaxsiy kompyuterga ega boʻlishlari kerak.
Oʻqish tili: Rus / Oʻzbek (Sinxron tarjima).
Murabbiy: Lenur Yunusov – tajribali xalqaro mediamurabbiy.
Arizalar 2020-yil Toshkent vaqti bilan 2020-yil 1-noyabr soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.
Iltimos, roʻyxatdan oʻtish uchun, onlayn-hujjatni toʻldiring.
Barcha savollar boʻyicha ekhmelevskaya@internews.org. elektron pochta manziliga murojaat qiling.
