Yangiliklar

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga keladi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurkning 13−15-mart kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

O‘zAning xabar berishicha, Tyurk Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Bundan tashqari Oliy komissar Qoraqalpog‘istonga boradi.

Bundan avval 28-fevral va 1-mart kunlari Toshkentda bo‘lgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvidan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida Nukus shahrida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha tergov ishlarida xolis va shaffof bo‘lishni so‘raganini ma’lum qilgan edi.

“2022 yilning iyul oyida Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar chog‘ida kuch ishlatar idoralar xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar O‘zbekiston tomonidan to‘liq va shaffof tergov qilinishi tarafdorimiz”, degan Blinken.

Bundan avval BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga 2017-yilning mayida kelgan edi. O‘shanda bu lavozimni Zayd Raad al Husayn (2014-2018 yillar) egallab turgandi.

Folker Tyurk 2022-yilning oktyabr oyidan beri BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari lavozimida ishlab kelmoqda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.