Yangiliklar

Rekord miqdordagi fransuzlar pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi

Fransiya ichki ishlar vazirligi seshanba kuni kechqurun xabar berishicha, Fransiyada pensiya islohotiga qarshi ommaviy norozilik namoyishida 1,28 millionga yaqin kishi ishtirok etdi.

Fransuzlar pensiya yoshini 62 dan 64 ga oshirishga qarshi olti kundan buyon namoyishlar o‘tkazishmoqda. Avvalgi eng ommaviy aksiya 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan. Politsiyaning maʼlum qilishicha, unda 1,27 million namoyishchi qatnashgan.

Biroq, Kasaba uyushmalari IIV bergan ma’lumotdan boshqa raqamlarni taqdim etdi. Eng yirik uyushma – Umumiy Mehnat Konfederatsiyasi (SGT) seshanba kuni 3,5 million namoyishchi Fransiya shaharlari ko‘chalariga chiqdi, deb hisoblaydi. SGT 31-yanvar kuni 2,8 million kishi pensiya islohotiga qarshi norozilik bildirganini aytdi.

Seshanba kungi namoyishlar mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida ish tashlashlar bilan birga bo‘ldi. Ilgari kasaba uyushmalari pensiya islohoti loyihasini ilgari surgan hukumatga bosim o‘tkazish uchun «takroriy ish tashlashlar» siklini vaʼda qilgan edi. Joriy aksiyalar davomida ular keyingi norozilik kunlari 11 va 15-mart kunlari bo‘lishini eʼlon qilishdi.

Namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarsiz o‘tmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari maxsus jihozlardan foydalangan. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, birgina Parijda 43 nafar kishi hibsga olingan. OAV Fransiyaning boshqa shaharlarida ham hibsga olingani haqida xabar bermoqda.

10-yanvar kuni Bosh vazir Elizabet Born hukumatning pensiya islohoti rejasi loyihasini taqdim etdi, unda pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha oshirish nazarda tutilgan. Belgilangan pensiya yoshi chegarasi har yili uch oyga bosqichma-bosqich 62 yoshdan 64 yoshga o‘tkazilishi va bu jarayon 2030-yilgacha davom etishi ko‘zda tutilgan. Yangi rejim 1961-yil sentyabrda yoki undan keyin tug‘ilgan fransuzlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2022-yilgi saylov kampaniyasi davomida ikkinchi prezidentlik mandati tugaguniga qadar pensiya islohotini amalga oshirishga qaror qilganini maʼlum qildi.

Pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentning quyi palatasi – Milliy assambleyada ko‘rib chiqilgach, Senatga kirdi va u yerda 12-martgacha muhokama qilinadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.