Yangiliklar

Bloomberg: Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylandi

Tesla va SpaceX shirkatlari asoschisi Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatining birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi, deb xabar berdi Bloomberg. Nashrning bildirishicha, hozir uning boyligi 187 milliard dollarga baholanmoqda.

2022-yilning dekabrida Ilon Mask birinchilikni Louis Vuitton Moët Hennessy rahbari Bernar Arnoga boy bergan edi. Hozir 185 milliard dollarga ega bo‘lgan Arno eng boy odamlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasiga tushib qoldi.

2022-yil dekabrida Bloomberg Ilon Mask dunyoda 200 milliard dollarini yo‘qotgan ilk milliarder bo‘lganini ham yozgan edi. Mask 200 milliard dollarini yo‘qotgunicha 340 milliard dollardan ko‘proq boylikka ega edi. Maskning buncha pulni yo‘qotishiga Tesla aksiyalarining qadrsizlanishi sabab bo‘lgandi.

2023-yilda Tesla aksiyalari yana o‘sa boshladi va ikki oy ichida 70 foizga qimmatladi. Buning oqibatida Maskning boyligi 50 milliard dollarga ko‘paydi.

Ayni paytda Forbes Ilon Mask jahondagi eng boy odamlar ro‘yxatida hanuzgacha fransuz Bernar Arnodan keyin ikkinchi pog‘onada turganini yozmoqda. Bloomberg ham, Forbes ham jahonning eng boy odamlari ro‘yxatining uchinchi pog‘onasida Amazon asochisi Jeff Bezosni qayd etgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.