Yangiliklar

Quyosh tutilishi va super oy: faktchekerlar ajoyib videoni tekshirishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya va Kanada o‘rtasidagi Arktikada suratga olingani aytilayotgan video tarqalmoqda. Videoda ufq chizig‘i ortidan ulkan oy paydo bo‘lib, osmondan o‘tib, quyoshni bir necha soniya yopib, yerni zulmatga botiradi.

Xabar tagida shunday deyilgan: “Tasavvur qiling-a, kunduzi (Arktikadagi Rossiya va Kanada o‘rtasida) shu joyda Oy 30 soniya davomida shunday katta hajmda paydo bo‘lib, Quyoshni 5 soniya davomida to‘sib qo‘ygandan so‘ng yo‘qolib qolsa”.

Asl video aleksey__nz TikTok foydalanuvchi akkauntida joylashtirilgan. Uning kanalida kompyuter grafikasidan foydalangan holda ko’plab shunga o’xshash videolarni topishingiz mumkin. Misol uchun, Saturn sayyorasi Yerdan bir xil yaqin masofada o’tadigan video bor.

Bundan oldinroq, akkauntga Oyda NUJ suratga olingani aytilgan video yuklangan edi. Qizig’i shundaki, ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi va hatto Russia Today telekanalining rasmiy Twitter akkauntida paydo bo’ldi.

Ushbu videoga 26 may kuni Yer aholisi kuzatishi mumkin bo’lgan qonli super oy deb ataladigan astronomik hodisa ko’pchilikning e’tiborini tortdi. Biroq asl video muallifning kanalida 17-may kuni paydo bo‘lgan va 9 kundan so‘ng avvaliga Twitter’ga, keyin esa Facebook’ga qayta yuklangan va u yerda tarqala boshlagan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.