Nukusda kasalxonaga olib kelingan ikki nafar bolaning biri vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Nukusda ikki nafar bola Hot Lunch’dan zaharlangani haqidagi xabar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki nafar bola kasalxonaga olib kelinganini O‘zAga tasdiqladi.
“Darhaqiqat, ikki nafar bola kasalxonaga olib kelingan. Bir nafarining ahvoli og‘ir bo‘lgani tufayli vafot etgan, bir nafarining sog‘lig‘i yaxshi. Ammo ularni aynan Hot Lunch’dan zaharlangan deb aytishga erta. Hozirda tibbiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tibbiy ekspertiza xulosasi bilan bunga aniqlik kiritiladi”, — deb bildirgan vazirlik matbuot xizmati.
Bir hafta avval Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlangan edi.
